O'qituvchi bilan o'rganish

Ingliz tilini o'zingiz emas, o'qituvchi bilan o'rganing.

Har hafta vazifa, bosqichma-bosqich kurs va IELTS mock testlar. Yozganingizni odam o'qiydi va baho qo'yadi.

2 daraja (A1–A2)95 dars15 grammatika bo'limi4 ko'nikma

  • Shu hafta

    Sayohatingiz haqida xat yozing (150–180 so'z)

    Writing · 20 ball · juma kuni

    O'qituvchi izoh bilan baholadi

  • Mock natija

    6.5

    • L7.0
    • R6.5
    • W6.0
    • S6.5
  • Haftalik reyting

    1. 1Diyora480
    2. 2Jasur455
    3. 3Siz430

    Har dushanba yangilanadi

Bir hafta qanday o'tadi

Bu ilova emas, o'quv jarayoni. Har hafta aylanadi.

  1. 1

    Vazifa chiqadi

    Dushanba kuni o'qituvchi haftalik vazifalarni qo'yadi — o'qish, tinglash, yozish, gapirish.

  2. 2

    Siz topshirasiz

    Javobni shu yerda yozasiz yoki ovoz yozib yuborasiz. Muddati ko'rinib turadi.

  3. 3

    O'qituvchi baholaydi

    Ball va izoh qo'yadi. Nima xato bo'lgani o'zbek tilida tushuntiriladi.

  4. 4

    Ball va reyting

    Olgan ballingiz haftalik va umumiy reytingga tushadi.

Grammatika — qidirib topiladigan javon

Qoida kerak bo'lganda kursni boshidan ko'rish shart emas. Bo'limni ochasiz, mavzuni topasiz, mashq qilasiz.

15 grammatika bo'limi

  • Zamonlar
  • Fe'llar
  • Savol va inkor
  • Shart gaplar
  • Frazali fe'llar
  • Artikl: a / the
  • Sifatlar
  • Ravishlar
  • Bilvosita nutq
  • Majhul nisbat
  • Modal fe'llar
  • Olmoshlar
  • Nisbiy ergash gaplar
  • Predloglar
  • Boshqalar

Bosqichma-bosqich kurs

Har bir dars kichik qismlarga bo'lingan: video, grammatika, o'qish va mashq. Qayerda qolganingiz saqlanadi.

IELTS mock testlar

To'liq mock yoki bitta bo'lim. Listening va Reading darhol, Writing va Speaking o'qituvchi tomonidan baholanadi.

Jonli o'qituvchi

Har bir yozma ish va ovozli javobni odam tekshiradi. Savol bo'lsa — Telegramda yozasiz.

Reyting

Haftalik va umumiy reyting. Yolg'iz o'rganmaysiz — guruhdagi o'rningiz ko'rinib turadi.

Plus olish

Bepul tarifda ham o'qiysiz. Plus esa o'qituvchi Plus deb belgilagan hamma narsani ochadi.

  • Barcha darajalar va darslar
  • To'liq IELTS mock testlar
  • Yozma va ovozli ishlarga batafsil izoh
  • Telegramda to'g'ridan-to'g'ri savol berish
Plus olish

Ko'p so'raladigan savollar

Boshlash uchun karta kerakmi?

Yo'q. Ro'yxatdan o'tish bepul, karta so'ralmaydi. Plus kerak bo'lsa, Telegram orqali gaplashasiz.

Kuniga qancha vaqt kerak?

Bir dars qismi 10–15 daqiqa. Haftalik vazifalar esa odatda bir necha soat — o'zingizga qulay vaqtda bajarasiz.

Bu IELTS kursimi?

Ikkalasi ham. Umumiy ingliz tili kursi bor, IELTS mock testlar esa alohida — xohlasangiz faqat testlarni ishlaysiz.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Barcha sahifalar telefon ekraniga moslashtirilgan — ilova yuklash shart emas.

Bugun boshlang.

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa. Birinchi darsni hoziroq ochasiz.

Bepul boshlash